Kattaqo‘rg‘ondagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Jamiyat
−
12 Oktabr 2021
9873Joriy yilning 8 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahridagi xonadonlardan birida gaz portlagani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, gaz portlab, ikki kishi tan jarohati olgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Holat bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi