Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Otanazarovich Xo‘jayev koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etdi. 

Prokuror ma’lum vaqtdan buyon kasallikdan davolanayotgan bo‘lgan.

Oybek Xo‘jayev 1976 yil Xorazmda tug‘ilgan va 2018 yil noyabr oyidan buyon Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, prokurorning janozasi 2 sentyabr kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Hakimbay Xalimov, Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oybek Xo'jaev

Baholaganlar

421

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar