“Katta yigirmatalik” davlatlari kiberjinoyatchilik borasida kelishib oldi 

Olam

image

G20 davlatlari kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi. Bu haqda Rimda bo‘lib o‘tgan G20 sammitining yakunlari bo‘yicha qabul qilingan rasmiy bayonotda so‘z boradi.

“Biz jamiyatlarimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) roli ortib borayotganini tan olamiz. Shu nuqtai nazardan, biz raqamli muhitda xavfsizlikka, jumladan, tovlamachi dasturlar (jinoyatchilar odamlardan pul undirish uchun foydalanadigan zararli dastur) kabi tahdidlarga qarshi kurashish zarurligini ta’kidlaymiz. Shuning uchun AKT xavfsizligini ta’minlash, umumiy zaiflik va tahdidlarga, shuningdek, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha ikki tomonlama va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash ustida ishlaymiz”, deyiladi hujjatda. 

Shuningdek, mamlakatlar ma’lumotlarning erkin, shu jumladan transchegaraviy oqimini ta’minlash, shu bilan birga shaxsiy ma’lumotlar, shaxsiy xavfsizlik va intellektual huquqlarni himoya qilishni yaxshilash hamda turli mamlakatlarning tartibga solish amaliyotlarini birlashtirish muhimligini qayd etdilar.

“Biz mustahkam, insonga yo‘naltirilgan sun’iy intellektdan mas’uliyat bilan foydalanish va rivojlantirish va’da qilgan ustunlikdan to‘liq xabardormiz va G20’ning sun’iy intellektga oid tamoyillarini amalga oshirishni olg‘a suramiz”, deyiladi hujjatda.

Foto: Dunyo bo‘ylab G20 (Katta yigirmatalik) klubiga a’zo davlatlar


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing