Katta Nurmuhamedov sharafiga bog‘ tashkil etildi

Sport

image

Maxachqal’ada yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedovning otasi Abdulmanap Nurmuhamedov xotirasiga bag‘ishlangan bog‘ tashkil etildi. Bu haqda "Sport24" xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, u yerga katta Nurmuhamedov yashagan yillari hisobiga ko‘ra jami 58 ta qarag‘ay ekilgan. 

"Biz bu yerda yaxshi o‘rmon yaratish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Keyingi avlod bu yerda yurganida kimdan minnatdor bo‘lish kerakligini bilishi kerak", degan Respublika O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Vagab Abdulhamidov.

Eslatib o‘tamiz, Abdulmanap Nurmuhamedov 2020 yil 3 iyulda vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

169

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing