Katta muz bo‘lagi o‘zbekistonlik talaba hayotiga zomin bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 5 fevral kuni katta muz bo‘lagi Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti talabasi 23 yoshli Boburbek Ochilovni hayotdan olib ketdi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.
 
Uning do‘sti va tengdoshi Bahrullo Umarov ko‘plab jarohatlar bilan Mariya shifoxonasiga yotqizilgan.
 
Boburbekning guruhdoshi, o‘zbekistonlik yigit malakali farmatsevt bo‘lish uchun o‘qiyotgani, shu kunlarda kichik-nazoratlardan o‘tgani va bir kafedradan boshqasiga yugurib yurganini bildirgan. Tomdan tushgan muz uni Aptekar va Popov korpuslari oralig‘ida halok qilgan.
 
Yuz bergan hodisa universitet talabalarini karaxt holga tushirgan. Rahbariyat ham voqeadan sezilarli asabiylashgan. Muz qulagan bino universitet hisobida ekani aytilgan. Ya’ni, bino tomining qordan tozalanishiga universitet javobgar bo‘lgan.
 
Baxtsiz hodisadan keyin Sankt-Peterburg prokuraturasi Petrograddagi barcha federal binolarning tomida tekshiruv o‘tkazilishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

muzbo'lagi

Baholaganlar

32

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar