Katta mushtlashuv: Boliviyada parlament “boks ringiga” aylandi (video)
Olam
−
09 iyun 2021
12202Kecha, 8 iyun kuni Boliviyada parlament yig‘ilishi katta mushtlashuvga aylanib ketdi. Holatga ikki yil oldingi, aniqrog‘i 2019 yilda olingan videolavha sabab bo‘lgan. Bu haqda mahalliy “Paginasiete” gazetasi yozmoqda.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat Ichki ishlar vaziri Eduardo Del Kastilo parlamentdagi chiqishi paytida 2019 yilgi davlat to‘ntarishining sabablari haqidagi videoni namoyish qilgan.
Vazirning ushbu hisoboti muxolifatga yoqmagan va deputatlar Kastiloning fikriga qo‘shilmaslilarini aytib, baqira boshlagan. Vaziyatga aralashgan “Sotsializm tomon harakat” esa vazirni qo‘llab-quvvatlagan.
Vaziyat keskinlashgandan so‘ng, tanqidchilardan biri sakrab turib, mushtlarini harakatga keltirgan. Keyin hukmron partiya vakillari ham o‘rnidan turgan, shu bilan minbar yonida janjal kelib chiqqan.
Kadrlarda majlisga yig‘ilganlar qanday qilib yerga qulab, oyoq-qo‘llari bilan bir-birini urishni boshlagani aks etgan. Ularning ichida ayollar ham bo‘lgan. Ayol deputatlar Tatyana Anes va Mariya Alanoka bir-birlarining sochlaridan tortib, jarohat yetkazgan.
Vaziyat tinchiganidan so‘ng, parlament sessiyasi to‘xtatilgani e’lon qilingan. Odobsizlik qilgan deputatlar kechirim so‘rgan va Ichki ishlar vaziri qisqa tanaffusdan so‘ng, hisobotini yakunlab qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning kuzida Boliviyada muxolif kuchlar Prezident saylovlarida qonunbuzarliklar qayd etilganini e’lon qildi. Shundan so‘ng, Prezident Evo Morales iste’foga chiqdi va ommaviy norozilik fonida mamlakatni tark etdi.
LiveBarchasi