Katta Farg‘ona kanalidan erkak jasadi topildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 25 iyun kuni Katta Farg‘ona kanalining Qo‘shtepa tumani, “Do‘rmon” MFY, Xo‘jaqishlog‘i xududidan oqib o‘tgan qismidan erkak jasadi topildi. 

Viloyat IIB YHXB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kanaldan osiyo millatiga mansub, yoshi taxminan 30-40 larda bo‘lgan, bo‘yi 165-170 sm  erkak  jinsiga mansub, shaxsi noma’lum murda topilgan.

Erkakning egnida yengil kulrang rangli, ichi mexli, chap ko‘krak qismida “FUEC GARAGE” yozuvli sport kurtkasi, ichida kulrang rangli futbolka, qora rangli “MASTER-CLASS” hamda “RUSSIA” yozuvli trikolari, oyog‘ida qora rangli krasovka bo‘lgan.

Mazkur shaxs xaqida biror bir malumotga ega bo‘lganlarni yaqin oradagi IIO lariga yoki 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari so‘ralmoqda
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

373

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing