Katta angarni ichida o‘tirishni xohlayapman – Ortiqxo‘jayev o‘tirgan o‘rnidan norozi bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent besh tashabbus harakati doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda qatnashdi. Unda hokim yoshlarga sharoit yaratib berish kerakligini Tatariston misolida gapirib o‘tdi. 

Ortiqxo‘jayev Tataristonda katta-katta muzeylarda, istirohat bog‘larida rahbarlar yosh-yosh kadrlar ekani, u yerda tajribaga qarab lavozimni taqsimlab berilmasligi, tanlovlar o‘tkazib kadrlar saralab olinishini va bu model unga juda ma’qul bo‘lganini aytdi.

“Bugun hokimlikda o‘tkazilgan yig‘ilishda shahrimizdagi teatr, maydon, bog‘larni, muzeylarni, madaniyat saroylarini qayta rekonstruksiya qilish, ularni jozibador qilish, yoshlarga sharoit yaratish, IT-mutaxassisi bo‘lgan yoshlar uchun tekin, ijara emas, mutlaqo tekin joylar, kovorking markazlarini yaratish masalasini ko‘rib chiqdik. 

Yaqinda bir model o‘ylab chiqdik. Unga ko‘ra, hokimlik ishchilari umuman hokimlik binosida o‘tirishining noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. To‘g‘risini aytsam, o‘zim ham katta bir angarni ichida o‘tirishni xohlayapman. U yoshlar, umuman hammaning kirib chiqishi oson bo‘lgan joy bo‘lishi kerak”, dedi Ortiqxo‘jayev.

Mohinur Mamatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

447

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing