Xitoydagi talabalarga masofadan o‘qish belgilandi
Olam
−
30 yanvar 2020
6080Xitoy Milliy tadqiqot universiteti (HSE) Oliy iqtisodiyot maktabi talabalari yangi koronavirus tarqalishi sababli 2 martga qadar masofadan o‘qishlari mumkin. Bu haqda universitet matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Hozirda XXR Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi vazirligi talabalar orasida yangi koronavirus infeksiyasining tarqalishining oldini olish uchun, 2020 yil 2 martga qadar onlayn ta’limdan foydalangan holda individual o‘quv dasturini taqdim etilishi mumkin", deyiladi xabarda.
Shuningdek, o‘qituvchi va talabalarga 1 martgacha Xitoyga sayohat qilmaslik tavsiya etildi. Matbuot xizmati talabalarga Xitoydan Rossiyaga o‘qish uchun 2020 yil 2 martdan keyin borishlarini so‘radi.
"XXRga safardan qaytgan talabalar kelgandan so‘ng 14 kun ichida o‘z dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirib, tibbiy nazoratdan o‘tmoqda. Ushbu choralar Rossiya Ta’lim va fan vazirligining buyrug‘iga binoan amalga oshirildi", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2019 yil dekabr oyi oxirida Xitoy hukumati Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi kelib chiqqani haqida xabar bergan edi. Hozircha Kamboja, Gongkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Germaniya, Avstraliya, Malayziya va BAAda virus bilan kasallanish holatlari qayd qilingan.
LiveBarchasi