Kataloniya klubida murabbiy ishdan olindi

Sport

image

Ispaniyaning "Espanol" klubi bosh murabbiyi David Galego lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilmoqda. Qayd etilishicha, rahbariyat Galegoning natijalaridan qoniqmagan va shu sabab tomonlar kelishgan holda shartnomani bekor qilgan. 

"To‘tiqushlar" La Liganing 8 turidan keyin 5 ochko bilan autsayderlar qatorida (19-o‘rin) turibdi. Yevropa Ligasida esa jamoa "H" guruhida 4 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, David Galego 1972 yilda tug‘ilgan.

U 2013 yildan boshlab, "Espanol" klubining turli yoshgacha bo‘lgan jamoalarini boshqargan.
 


Maqola muallifi

Teglar

David Gal'ego shartnoma bekor qilindi

Baholaganlar

15

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar