Kaspiy dengizida Turkmanistonni Qozog‘iston bilan bog‘laydigan ko‘prik qurilishi boshlandi

Olam

image

Joriy yilning 8 avgust kuni Kaspiy dengizidagi Qorabo‘g‘oz ko‘l (Garabo‘g‘ozgol) ko‘rfazi orqali Turkmaniston va Qozog‘istonni bog‘lovchi avtomobil ko‘prigi qurilishi boshlandi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi. Ko‘prik Turkmanboshi-Garabo‘g‘oz-Qozog‘iston chegarasi bo‘ylab barpo etiladi.

Tamal toshi qo‘yish marosimida Kaspiy dengizi sohilida dam olayotgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etgan. U voqea joyiga vertolyotda uchib ketgan. Loyiha haqidagi ma’lumotlarni tinglab, ma’ruza qilgan.

Prezident, xususan, yangi ko‘prik Turkmanistonning sharqiy va shimoliy hududlari, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi savdo, yuk va yo‘lovchi tashish hajmini sezilarli darajada oshirishini ta’kidlagan.

“U [ko‘prik] Turkmaniston, Rossiya, Qozog‘iston, Eron va Hindiston yuk tashuvchilariga samarali xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu ularga dengiz, temir yo‘l va avtomobil transportidan foydalangan holda Shimoliy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga eng qisqa yo‘ldan yetib borish imkonini beradi”, deya ta’kidlagan Berdimuhamedov.

Taqdimot marosimidan so‘ng Turkmaniston rahbari avtomobil ko‘prigi poydevori ostiga o‘z avlodlariga murojaat yozilgan kapsula qo‘ydi va qazilgan chuqurga belkurakda ilk beton aralashmasini tashladi.

Yangi muhandislik inshooti ikki qatorli eski ko‘prik o‘rnida quriladi. Eski ko‘prik hozirda ortib borayotgan transport qatnoviga bardosh bera olmay qolgan.

Yangi ko‘prik qurilishi 2009 yildan beri Turkmaniston rasmiylari bilan hamkorlik qilib kelayotgan Ukrainaning “Altkom” qurilish kompaniyasiga topshirilgan.

Ko‘prik loyihasi “Turkmenavtoyo‘llari” davlat konserni loyiha instituti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Inshoot to‘rt polosali bo‘lib, uning uzunligi 354 metr, kengligi – 17 metr, ko‘rfaz yuzasidan balandligi – 7 metrni tashkil qiladi. Ob’ekt 2024 yil iyun oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

253

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing