Kashenskiy konining ishi atrof-muhitga ta’sirini baholashga qadar to‘xtatildi
Olam
−
29 dekabr 2022
4350Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi hukumati kecha, 28 dekabr kuni xalqaro ekologik ekspertiza o‘tkazilgunga qadar Kashenskiy konining ishini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. “Armenpress” agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda tan olinmagan respublikaning Vazirlar Mahkamasi bayonotida aytilgan.
“Qo‘shni davlat “ekologik faollari” tomonidan yaratilgan nosog‘lom vaziyat, xalqaro hamjamiyatni chalg‘itishga urinishlar hisobga olinib, “Base Metals” faoliyati bilan bog‘liq xalqaro ekologik ekspertiza o‘tkazish uchun xalqaro tashkilotlarga murojaat qilishga qaror qilindi. Kompaniya rahbariyati bilan birgalikda ekspertiza yakunlanguniga qadar kon faoliyatini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, deyiladi Vazirlar Mahkamasi bayonotida.
12 dekabr kuni o‘zlarini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘ydi. Baku norozilik aksiyasidan maqsad hech qanday yo‘lni to‘sib qo‘yish emasligini, fuqarolik vositalari har ikki yo‘nalishda ham erkin harakatlana olishini bildirdi.
Yerevan buni Baku tomonidan tan olinmagan respublikada gumanitar falokat yaratishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholadi. Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan avvalroq Yerevan BMT va YeXHT Minsk guruhini Lochin koridoriga baholash missiyasini jo‘natishga chaqirgani haqida xabar bergan edi. Respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyan hukumat yig‘ilishida ma’lum qilganidek, Tog‘li Qorabog‘da qamal tufayli oziq-ovqat taqchilligi boshlangan. 14 dekabr kuni Armaniston Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga Ozarbayjonni Lochin yo‘lagini ochishga majburlash talabi bilan murojaat qildi.
LiveBarchasi