“Karvon” bozori sobiq rahbarining uyi 35 milliardga sotuvga qo‘yildi
Jamiyat
−
03 aprel 2019
44879Toshkentning Uchtepa tumanidagi suv yoqasida hashamatli, saroylarni eslatadigan uy bor. 6-7 yildirki, bu uy qarovsiz ahvolda. Uy O‘rikzordagi “Karvon” bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli bo‘lgan. Koreys millatiga mansub Dmitriy Lim bir necha yil avval noqonuniy xatti-harakatlari sabab jinoiy javobgarlikka tortilib, hibslangan edi. U vaqtlarda OAV bugungidek ochiq, jinoyatlar va sud haqidagi ma’lumotlar ommaga yetkazilmas edi.
Ayni vaqtdagi ma’lumotlarga qaraganda, Dmitriy Limga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ekti savdoga qo‘yilgan. Ushbu saroyning boshlang‘ich narxi 35 milliard 536 million 900 ming 759,00 so‘m etib belgilangan. Darvoqe, xalq orasida bu uy "ajdarlar makoni" deb nom olgan.
Uchtepa tumani, Sakkokiy ko‘chasi, 3-A uydagi bino va inshootning umumiy maydoni 4,3 gektar, inshoot maydoni 20 628 kv metr.
Uy auksion savdolari orqali sotuvga qo‘yilgan. Ma’lum qilinishicha, auksion o‘tkazilish sanasi joriy yilning 29 aprel kuni deb belgilangan.
Qiziq, O‘zbekistonda bu uyni 35 milliardga xarid qila oladigan mard bormikin?
LiveBarchasi