Kartoshka narxi tushdi, guruch va yog‘ aksincha. Bozorlardagi narx-navo e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida kartoshka narxi tushdi, guruch va o‘simlik yog‘i narxi oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazgan kuzatuv natijalari bo‘yicha ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e’lon qilingan.

Joriy yil 22 dekabr holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagicha:

•  Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 45000 – 68000 so‘m;

•  Qo‘y go‘shti (1 kg) — 52000 – 80000 so‘m;

•  Kartoshka (1 kg) — 3000 – 6000 so‘m;

•  Piyoz (1 kg) — 1200 – 4000 so‘m;

•  Sabzi (1 kg) — 1000 – 4500 so‘m;

•  Tuxum (10 dona) — 7000 – 15000 so‘m;

•  Guruch (1 kg) — 5000 – 17 500 so‘m;

•  O‘simlik yog‘i (1 l) — 14 000 – 24000 so‘m;

•  Shakar (1 kg) — 7500 – 10500 so‘m.

Statqo‘m narxlar kuzatuv amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab, narxlar o‘zgarishi mumkinligini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing