Karimovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning birinchi va oxirgi davlat kotibi Rahim Rajabov surunkali xastalikdan so‘ng bugun, 27 sentyabr kuni vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga marhumning oila a’zolari xabar berdi. 

Rahim Rajabov 83 yoshda edi. U bugun peshin namozidan keyin dafn etiladi. 

Ma’lumot uchun, Rahim Rajabov 1937 yil 29 aprelda Buxoro viloyatida, Qorako‘l tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1960 yilda Toshkent shahridagi O‘rta Osiyo politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnik universiteti) tamomlagan.

O‘z vaqtida "Uzbekselmash" va Toshkent ekskavator zavodida rahbar lavozimlarida ishlagan, sobiq SSSRning birinchi kompyuteri ishlab chiqarilgan "Algoritm" zavodini loyihalash va qurilish ishlariga boshchilik qilgan, uni boshqargan.

1990 yildan 1997 yilgacha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Davlat kotibi va bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rahim Rajabov

Baholaganlar

575

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar