Karimov davrida siyosatshunoslar tayyorlash to‘liq to‘xtatilgan edi – Hamid Sodiq

Intervyu

image

Bir vaqtlar O‘zbekistonda siyosatshunoslik fani tag-tugi bilan yo‘q qilingan edi. Siyosatshunos Hamid Sodiq QALAMPIR.UZ’ga bergan intervyusida Islom Karimov davrida siyosatshunoslik fani butunlay tugatilgani va fanning predmeti yo‘q deb topilganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Islom Karimov davrida siyosatshunoslik fani yopilgan edi. Milliy universitetda siyosatshunoslik degan alohida yo‘nalish bo‘lgan. Keyinchalik sekin asta bu fan tugatildi. O‘rniga o‘rinbosar fanlar qo‘yildi. Hatto, siyosatshunoslik fanining predmeti yo‘q deb topildi. Har qanday fanning predmeti bo‘ladi, ya’ni siyosatshunoslar tayyorlash to‘liq to‘xtatildi. Mana shu davrgacha barcha ijtimoiy fanlar siqib kelindi. Hatto, huquqshunoslik o‘rinlari qisqartirildi”, deydi Hamid Sodiq.

Siyosatshunos so‘zida davom etarkan, yangi ma’muriyat siyosiy mutaxassislarsiz rivojlanib bo‘lmasligini tushungach, beshta universitetda siyosatshunoslik  yo‘nalishlari qayta ochilganini aytib o‘tdi.

“Yangi ma’muriyat hokimiyatga kelgach, siyosatshunoslik yo‘nalishlari ochildi. Ko‘z tegmasin siyosatshunoslik yo‘nalishi Milliy universitetida, Sharqshunoslik universitetida, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida va Jurnalistika universitetida ham ochildi. Bu zo‘r! Adashmasam, davlat hokimiyatga kuch beradigan balansni tarbiyalamoqchi. Chunki elitar qatlamsiz, siyosatshunoslarsiz rivojlanib bo‘lmaydi. Lekin bu konfliktli jarayon.  Davlat ham konfliktga tayyormiz, kelinglar, davlatni rivojlantiraylik degan “messej” bermoqda”, deydi siyosiy mutaxassis.

Siyosatshunos Hamid Sodiq bilan to‘liq intervyuni QALAMPIR.UZʼning YouTubeʼdagi sahifasida yoki quyidagi videopleyerda tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing