Karim Benzema: “Zidan men uchun xuddi akamdek”
Sport
−
17 may 2019
2501“Real” hujumchisi Karim Benzema madridliklar ustozi Zinedin Zidan haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Bizning munosabatlarimiz juda yaxshi. U xuddi akamdek. Biz futbol haqida va boshqa mavxudalarda ham juda ko‘p gaplashamiz. U menga juda ko‘p yordam bergan. Unga nisbatan doim hurmatim baland bo‘lgan. Ba’zida maydondagi xatolarim tufayli tortishib qolamiz, biroq bu samimiy bo‘lgan va u doim kechirgan, deb iqtibos keltiradi “Mercato 365” Benzemadan.
Ma’lumot uchun, Karim Benzema “Real” tarkibida 2018-2019 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatida 35 bor maydonga tushib, 21 gol urishning uddasidan chiqqan.
LiveBarchasi