Karim Benzema “El klasiko”ni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

Ertaga, 20 mart soat 22:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da) futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 29 turidan o‘rin olgan “Real Madrid” va “Barselona” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

“El klasiko”ni “los blankos” hujumchisi Karim Benzema o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. 34 yoshli futbolchi boldir mushaklari shikastlanganidan keyin tiklanishga ulgurmadi. Bu haqda journalist Xose Luis Sanches xabar berdi.

Bundan tashqari, Benzema Fransiya terma jamoasida Kot-d’Ivuar va JAR bilan bo‘ladigan o‘yinlarda maydonga tushmaydi.Karim La Liganing 28-turida “Malyorka”ga qarshi o‘yin (3:0) yakunida jarohat olgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Karim Benzema joriy mavsumda “Real Madrid” safida barcha musobaqalar doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol va 13 ta golli uzatma amalga oshirgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing