Karib dengizida 475 mln dollarlik narkotik qo‘lga olindi

Olam

image

AQSHning qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tomonidan 475 million dollarlik giyohvand moddalar to‘xtatildi. Narkoti moddalar Mayami-Bich bazasiga olib kelindi. Bu haqda bugun, 17 sentyabr kuni “Fox News” telekanali xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha AQSH sohil politsiyasi hammasi bo‘lib, Karib dengizi va Sharqiy Tinch okeanining xalqaro suvlarida taxminan 28 600 funt (12 tonna 972,74 kilogramm) giyohvand moddani musodara qilishga muvaffaq bo‘lgan.

“Legare, LEDETS, HNLMS Groningen, CGC James va USS Billings ekipajlarining muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari tufayli biz giyohvand moddalarga qarshi kurash va transmilliy jinoiy tashkilotlarni yo‘q qilish missiyasiga katta hissa qo‘shdik”, deyiladi rasmiy xabarlarda.

Legare ekipaji boshlig‘ining ta’kidlashicha, Mayamida giyohvand moddalarni olib qo‘yish ushbu moddalarni olib o‘tishning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing