Kardiolog ba’zi mashqlar yurak uchun zararli ekanini aytdi

Salomatlik

image

Tez-tez ekstremal kardio-mashqlarni bajarish insult va aritmiya (asosan yurak ishlashida uzilishlarni keltirib chiqaradigan kasalliklarning katta guruhi bo‘lib, yurakning juda tez urishi, yuqori puls, tartibsiz ritmlar yuzaga kelishidan iborat) kasalligini keltirib chiqaruvchi yurak sindromining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Kolorado universiteti professori, kardiolog Uilyam Kornuell ma’lum qildi.

Shifokorga ko‘ra, agar inson haddan tashqari bosim ostida mashq bajarsa, yurak o‘z hajmi va shaklini o‘zgartirishi mumkin. Jismoniy mashqlarning yurakka ta’sirini tushunish uchun, avvalo inson qanday mashq turi bilan shug‘ullanayotganini hisobga olishi kerak. Kornuell sport turlarini ikki toifaga ajratadi - dinamik va statik.

Yugurish, chang‘i uchish yoki futbol o‘ynash kabi dinamik mashqlar yurakdan tanaga dam olish paytida yetkazib beriladigan qon miqdoriga nisbatan ko‘proq qon aylanishini talab qiladi. Statik mashqlar (og‘ir atletika, gimnastika, tosh ko‘tarish) ma’lum bir og‘irlikdagi yukni surish yoki tortish uchun skelet mushaklaridan foydalanishga asoslanadi. Ba’zi mashg‘ulotlar, masalan, eshkak eshish yoki velosipedda yurish, statikning kombinatsiyalashgan turidir.

Qayd etilishicha, kuniga bir soatdan ko‘proq davom etadigan intensiv jismoniy mashqlar (xususan, dinamik mashqlar) "atletik yurak sindromi" ning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu, masalan, ko‘proq qon quyish zarurati tufayli yurak hajmining kattalashishi natijasida ekstremal harakat paytida sodir bo‘ladi.

Ortiqcha zo‘riqish yuqori qon bosimi yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan keksa odamlarda paydo bo‘ladigan aritmiya yoki yurak qorinchasi fibrillyatsiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Mutaxassisning aytishicha, yurak ritmining buzilishi insult xavfini oshiradi.

Ma’lumot uchun, ventrikulyar fibrilatsiya(shuningdek qorincha fibrilatsiyasi)- anormal yurak ritmining bir turi. Bunday vaqtda tartibsiz impulslar yurakning pastki kameralari (qorinchalar)ning samarasiz qisqarishiga sabab bo‘ladi. Oqibatda, yurak qonni tanaga yetkazib bera olmaydi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kardiolog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar