Karantin yana kuchaysa, stikerlar amal qiladimi? 

Foydali

Xabaringiz bor, mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlarining ko‘paygani sababli bugun, 28 iyundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan qator karantin cheklovlar joriy qilindi. Jumladan, Toshkent shahriga ayrim toifa transport vositalaridan boshqa avtomobillarning kirishiga cheklov joriy qilindi.

Koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar kelgusida kuchaytirilib, o‘tgan yildagidek, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtomobillarning harakatlarinishi cheklangudek bo‘lsa, 2020 yilda transport vositalarining karantin vaqtida harakatlanishi uchun joriy qilingan maxsus ruxsatnoma (stiker) yana amal qiladimi? QALAMPIR.UZ shu va boshqa savollarga javob olish uchun Davlat xizmatlari agentligi Matbuot kotibi Sevara Zokirovaga murojaat qildi.

Charos Shodmonqulova, muxbir: — O‘tgan yili Davlat xizmatlari agentligi tomonidan chiqarilgan va avtomobillarga berilgan stikerlar bu yil ham amal qiladimi?

Sevara Zokirova, Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi: — O‘tgan yili chiqarilgan stikerlarni bekor qilish bo‘yicha hozircha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hech qanday qo‘shimcha qaror qabul qilingani yo‘q. Shu sababli bugungi kunda karantin vaqtida o‘tgan yilgi stikerlardan foydalanish mumkin.

Ch.Sh.: —Viloyatlar bo‘ylab mahsulot tashuvchilar, internet do‘konlar, ishlab chiqaruvchilar avtomobillardan qanday foydalanadi?

S.Z.: — Bu masala bo‘yicha Davlat xizmatlari agentligi vakolatli idora hisoblanmaydi. Bunda vakolatli idoraga murojaat qilish o‘rinli deb o‘ylayman. Lekin eslatma tariqasida shuni aytmoqchimanki, Respublika maxsus komissiyasining bayoniga ko‘ra, o‘tgan yilning 9 aprelidan boshlab Davlat xizmatlari markazlari tomonidan avtomobilda harakatlanish uchun beriladigan ruxsatnomalar taqdim etish tartibi to‘xtatilgan edi.  

Shuningdek, stikerlar olish uchun fuqarorlar Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq emas. Chunki hozirda Davlat xizmatlari markazlari orqali stikerlar berish tartibi belgilanmagan.

Ch.Sh.: — Sitikerlar berish tartibi yana qaytadan joriy qilinishi mumkinmi?

Sevara Zokirova, Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi: — Agar stikerlarni yana qaytadan joriy qilinishi maqsadga muvofiq, deb topilsa, unda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qo‘shimcha ma’lumot va axborot beriladi. Shuningdek, bugungi kunda avtotransportlarning harakatlanishi uchun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari orqali avval berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlarida amal qilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing