Karantin vaqtida postlardan odam olib o‘tish “stavkasi” 50 000 so‘mga baholandi

Jamiyat

image

Koronavirus sabab poytaxt Toshkent shahriga kirish va chiqish taqiqlangan edi. Ammo shunga qaramay, karantin qoidalarini buzayotganlar va hatto shu bahonada jinoiy ishga qo‘l urayotganlar ham uchramoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, karantin vaqtida Toshkent shahriga kirib kelmoqchi bo‘lgan, boshqa viloyatlarda tergov va suddan yashiringan 3 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan. Bundan tashqari, 4 ta holatda Toshkent shahrida sotishga mo‘ljallangan narkotik va psixotrop moddalarni olib kirish holatlari aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov xabar bermoqda.

“4 aprel kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan fuqaro, o‘zining yuk mashinasida qishloq-xo‘jalik mahsuloti bilan birga 4 nafar fuqaroni belgilangan cheklovlarga zid ravishda Toshkent shahriga olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlangan. Haydovchi ularning har biridan 50 000 so‘mdan olgan”, dedi Shohrux G‘iyosov xabar bermoqda.
 
Ta’kidlanishicha, shunga o‘xshash karantin qoidalarini buzish harakatlari Toshkent shahriga kirish postlarining o‘zida 20 dan ko‘p holatda aniqlangan. Bundan tashqari, Termiz, Namangan, Samarqand, Buxoro shaharlariga ham kirib-chiqishda ana shunday holatlar bir necha marta uchragan.

“Mazkur huquqbuzarliklarning barchasi yuk tashish mashinalaridan foydalanib sodir etilgan”, dedi Shohrux G‘iyosov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

519

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing