Karantin sabab Hindistondagi g‘orda sayyohlar guruhi yashayotgani aniqlandi

Olam

image

Hindistonda bir necha xorijiy davlatdan tashrif buyurgan sayyohlar guruhi g‘alati holatga tushib qoldi. Gap shundaki, ular pul yetishmasligi tufayli karantinni g‘orlardan birida o‘tkazishga majbur bo‘lishgan. Bu haqda  “Fox News” xabar bermoqda.

Bir guruh sayohatchilar — to‘rt erkak va ikki ayol mart oyi oxirida mamlakatda karantin joriy etilganda, Hindiston shimolidagi Rishikeshe g‘origa kelishadi. Ular pullari tugaganini va mehmonxonalarda yashashni davom ettirishga qodir emasliklarini ma’lum qilishgan.

Ular politsiya tomonidan aniqlanib, nazorat punktiga olib ketilgan. “Ular yog‘ochda taom pishirishgan, Ganga suvidan foydalanishgan”, deydi inspektor Rajendra Singx Katayt.

Ma’lum bo‘lishicha, sayohatchilar o‘tgan yili Ukraina, AQSH, Turkiya, Fransiya va Nepaldan kelgan. Ular Himolay tog‘lari etagidagi mashhur sayyohlik shahri Rishikeshedagi kichik mehmonxonalarda istiqomat qilishgan. Ammo pullari tugagach, g‘orga yo‘l olishgan va u yerda 25 kun yashashgan.

Chet elliklar karantin markaziga yuborilgan, ammo ularning hech birida COVID-19 alomatlari aniqlanmagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusga 20 471 nafar odam chalindi. 3 976 bemor shifo topgan bo‘lsa, 652 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Hindistonda

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar