Karantin payti masjidlarda ibodat qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq O‘zbekistonda karantin tartib va cheklovlariga qo‘shimchalar kiritilgani haqida xabar berilgandi. Respublika maxsus komissiyasi karantin payti masjidlarda ibodatlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi

O‘zbekistondagi mavjud epidemiologik holatdan kelib chiqib, mas’ul idoralarning takliflari inobatga olingan holda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan:

  • kunlik va juma namozlarini faqat masjidning ochiq havodagi maydonlari(ochiq ayvonlar, masjid hovlisi, masjidga tutash ichki ko‘chalar)da tibbiy niqobda va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etilishi;
  • 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarga ular tomonidan diniy tadbirlarni imkon qadar uy sharoitida amalga oshirish;
  • Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarda ham jamoaviy ibodatlarni yuqoridagi tartiblar asosida amalga oshirish tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent “qizil”, Samarqand va Toshkent viloyatlari “sariq” hudud deb belgilangandi. 

Shuningdek, joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

397

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing