Karantin davrida kimlar chet elga chiqishi mumkin?
Jamiyat
−
11 avgust 2020
15149Hozirda pandemiya sabab O‘zbekiston barcha davlat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan. Bu davrda O‘zbekistonga kirish va chiqish tartibi qanday bo‘lmoqda? Tashqi ishlar vazirligi qanday holatlarda xoriega chiqishga ruxsat berilishini ma’lum qildi.
Joriy yilning 15 iyundan boshlab quyidagi toifadagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga aviaqatnovlar orqali O‘zbekistondan chiqib ketish uchun karantin choralari soddalashtirildi.
Unga ko‘ra:
• davolanish uchun chiqayotgan shaxslar;
• xorijda yaqin qarindoshlari yohud og‘ir kasal bo‘lgan qarindosh-urug‘lari mavjud bo‘lgan shaxslar;
• -xorijiy davlatda doimiy ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston fuqarolari;
• o‘qish yoki ishlash uchun chet elga ketayotgan fuqarolar.
Yuqoridagi sanab o‘tilgan toifadagi fuqarolar mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat olish uchun O‘zbekiston Respublikasining tegishli organlariga murojaat qilishlari shart emas. O‘zbekistondan chet elga ketishdan oldin fuqarolarga pandemiya paytida ular bormoqchi bo‘lgan mamlakatga kirish uchun amaldagi tartib va shartlar hamda karantin choralari to‘g‘risida zarur ma’lumot olish uchun o‘sha mamlakatning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasiga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet elga yer usti orqali chiqishlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori talab qilinadi.
Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishiga hech qanday cheklovlar ko‘zda tutilmagan. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy fuqarolarning vizalari muddati avtomatik tarzda 2020 yil 1 noyabrgacha uzaytirildi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi