Kapitoliydagi to‘polon ortidan Respublikachilar safi kamayishda davom etmoqda

Olam

image

Joriy yilning 6 yanvar kuni Kongress tashqarisidagi tartibsizliklar ortidan Respublikachilar partiyasining ro‘yxatdan o‘tgan 30 mingdan ziyod a’zosi siyosiy imtiyozlarini o‘zgartirdi. “The Hill” nashrining yozishicha , bunday misli ko‘rilmagan natija respublikachilar uchun prezidentlik poygasida mag‘lubiyatga uchraganidan va Kongress Senatidagi ko‘pchilik o‘rinlar uchun kurash va keyingi harakat yo‘nalishini belgilashga urinishda muammo tug‘dirishi mumkin.

“Biroq, bu aysbergning faqat uchigina bo‘lishi mumkin. Ushbu 30 ming kishi faqat bir nechta shtatlarda yashaydi, ularda har hafta saylovchilarni ro‘yxatga olish va partiyalarni o‘zgartirgan fuqarolar to‘g‘risida hisobot beriladi”, deyiladi nashrda.

Xabarga ko‘ra, yanvar oyi boshidan beri Pensilvaniya shtatida ro‘yxatdan o‘tgan 10 mingga yaqin saylovchi respublikachilar bilan aloqalarini uzgan. Ularning uchdan bir qismi demokratlarga, qolganlari boshqa partiyaga a’zo bo‘lgan yoki hech qaysi partiyaga a’zo bo‘lmaslikni tanlagan. Shu bilan birga, ushbu shtatda demokratlarning uchdan bir qismi respublikachilarga qo‘shilgan (2 ming). Shimoliy Karolinada 6 ming, Arizonada 5 ming kishi Respublikachilar partiyasi safida bo‘lishni xohlamagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing