Kapitoliy atrofiga doimiy panjaralar o‘rnatiladi

Olam

image

Kapitoliy politsiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Yogananda Pittman AQSH Kongressi binosi atrofiga doimiy panjara o‘rnatishga chaqirdi. Uning bayonoti Kapitoliy politsiyasining veb-saytida joylashtirilgan.

“So‘nggi voqealarni inobatga olgan holda, men shuni aniq aytishim mumkinki, xavfsizlik infratuzilmasini, shu jumladan doimiy panjara va javob berishga tayyor kuchlarning mavjudligini sezilarli darajada yaxshilash kerak”, deyiladi bayonotda.

Pittmanning ta’kidlashicha, Kapitoliy binosi atrofida panjara o‘rnatish tavsiyasi 2006 yilda berilgan. Hozir bino yoniga vaqtinchalik to‘siq o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni Tramp tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirib, prezidentlik saylovlari natijalarini ma’qullashga to‘sqinlik qildi. Kongressmenlarning bir qismini evakuatsiya qilindi, ammo bino ozod qilinganidan va Vashingtonda komendantlik soati o‘rnatilganidan so‘ng, ikkala palataning yig‘ilishi davom etdi. Hujum oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing