“Kapitalbank” raisi o‘zgardi

Jamiyat

image

Alisher Mirzayev “Kapitalbank” boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Kecha, 27 yanvar bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida Alisher Mirzayevni “Kapitalbank” boshqaruvi raisi etib tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan.

Alisher Mirzayev 1969 yilda tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini, 2000 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 1993–2018 yillarda “Ipak Yo‘li” bankida turli lavozimlarda, xususan, rais vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

Alisher Mirzayev 2018 yilda “Hamkorbank” boshqaruvi raisining bankni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning iyunida “Kapitalbank” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Oleg Kim 2020 yilning 4 yanvarida o‘z lavozimini tark etgan va Aleksey Glushenko bank boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kapitalbank Alisher Mirzaev

Baholaganlar

76

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar