Kann kinofestivali qoldirildi

Madaniyat-san’at

image

Kann kinofestivali tashkilotchilari may oyi o‘rtalarida o‘tishi kerak bo‘lgan marosimni boshqa sanaga qoldirdi. Bunga dunyoda keng tarqalgan koronavirus pademiyasi sabab bo‘ldi. Bu haqda 19 mart kuni tashkilotchilar rasmiy bayonotida ma’lum qilingan.

Taqdirlash marosimi joriy yilning 12-23 may kunlari o‘tkazilishi lozim edi. 

Taxminlarga ko‘ra, festival iyun oyining oxiriga qoldirilgan. Yangi sanalar bo‘yicha yakuniy qaror keyinroq, Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligi va Kann shahar meriyasi bilan maslahatlashuvdan so‘ng qabul qilinadi.

“Kann kinofestivalini jadval bo‘yicha – 12 maydan 23 maygacha o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaydi. Hozirda bir nechta variant o‘rganilmoqda. Eng maqbuli – bu iyun oxiri yoki iyulning boshida o‘tkazish", deb ma’lum qilgan tashkilotchilar.

Xalqaro Kann kinofestivali - har yili may oyining oxirida Kann kurort shahrida, 1946 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Ilk bor 1946 yilning 20 sentyabridan 5 oktyabrigacha bo‘lib o‘tgan. Festival 1951 yildan so‘ng zamonaviy miqyosga ega bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Kann kinofestevali

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar