Kanadaga kuchli to‘fon yopirildi (fotoreportaj)

Olam

image
0:00
0:00
download

Kanadaning aholi gavjum ikki provinsiyasi – Ontario va Kvebekda sodir bo‘lgan dovul kamida sakkiz kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 500 mingdan ortiq odam elektr energiyasiz qoldi. Bu haqda “Interfaks” mahalliy OAVga tayanib, xabar berdi.

Kommunal xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, tezligi soatiga 130 km dan oshadigan shamol daraxtlar, ustunlar va elektr simlarini qulashiga olib kelgan.

Kanada rasmiylariga ko‘ra, halokatli jarohatlarning aksariyati daraxtlarning qulashi tufayli sodir bo‘lgan. 22 may kuni energetiklar elektr ta’minotini tiklash uchun bor kuchlarini ishga solishdi.

Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo federal hukumat muhtojlarga va jabrlanganlarga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Biz jabrlanganlarning barchasi haqida qayg‘uramiz va quvvatni tiklash ustida ishlayotgan ishchilarga minnatdorchilik bildiramiz”, deya yozib qoldirgan Tryudo o‘z Twitter’ida.

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing