Kanadadagi shaharlar deyarli 1 metr qor bilan qoplandi (video)

Olam

Kanadaning sharqiy provinsiyalari qalin qor uyumlari qurshovida qoldi. 17 va 18 yanvar kuni Nyufaundlend va Labrador provinsiyalarida yoqqan qorning qalinligi 76,2 sm.ga yetdi. Bundan oldingi rekord 1999 yilda qayd etilgan bo‘lib, 68,4 sm.ni tashkil etgan edi. 

Sent-Jons shahri merining ma’lum qilishicha, e’lon qilingan favqulodda holat rejimi davom etadi. Shahardagi xalqaro aeroportda qor yog‘ishining rekord natijasi qayd etilgan. Shamol tezligi soatiga 120 dan 157 km.ga yetgan. Aeroport boshqa tashkilotlar singari vaqtincha yopilgan.

Federal hukumat Nyufaundlend va Labrador provinsiyalariga yordamchi kuch jo‘natishga va’da bergan. AP bergan xabarga ko‘ra, provinsiyalar rahbarlari qorlarni kurash uchun harbiy kuchlar yordamini so‘rashgan. Nyufaundlendda mashinalar qor uyumlari ostida qolib ketgan. Minglab aholi elektr ta’minotisiz qolgan. 

Hukumatni, birinchi navbatda, shifoxonalarga boriladigan yo‘llarning ham kuchli qor sabab berkilib qolgani tashvishlantirmoqda.

Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, odamlar uylariga kirib chiqish uchungina eshiklarining ostini kurashmoqda. Guvohlarning ma’lum qilishicha, ko‘rish imkoniyati nolga tushib ketgani bois qor kurovchi texnikalar ham ishlay olmayapti.

Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan, faqat bir erkak 17 yanvar kuni izsiz g‘oyib bo‘lgani aytilmoqda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing