Kanadada “Rossiya imperial harakati” terroristik deb topildi

Olam

image

Kanadada rasmiylar terroristik deb topilgan tashkilotlar ro‘yxatini kengaytirdi. Unga “The Proud Boys”, “Atomwaffen Division”, “The Base” va Rossiyada tashkil etilgan “Rossiya imperial harakati” tuzilmasi radikal o‘ng qanot tashkilotlari kiritilgan. Bu haqda Kanada Hukumatining rasmiy nashrida ma’lum qilingan.

Ushbu o‘ta o‘ng tashkilotlar bilan bir qatorda, Islomiy terroristik guruhlarning bir nechta tarkibiy bo‘linmalari – “Islomiy davlat” va “Al-Qoida” ham ro‘yxatga kiritilgan.

Hisobotda “Rossiya imperial harakati” nega bu ro‘yxatga kiritilgani aniq aytilmagan. 

“Rossiya imperial harakati” 2005 yilda Monarxistlar markazining Butunrossiya partiyasi faollari tomonidan tashkil etilgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Sankt-Peterburgda joylashgan. RID veb-saytida u rus pravoslav milliy-vatanparvarlik va monarxiya tashkiloti deb nomlanadi va uning asosiy vazifalari an’anaviy rus qadriyatlarini himoya qilish, ruslarning siyosiy, ma’naviy va madaniy ekspansiyasini qo‘llab-quvvatlash, rusofobiya, noqonuniy immigratsiya, cherkov bid’atlari va nizolarga qarshi kurash, shuningdek, rus nasroniy millatchiligini faol ravishda targ‘ib qilish hisoblanadi.

2020 yil aprel oyida “Rossiya imperial harakati” Qo‘shma Shtatlardagi terroristik tashkilot deb topildi. 

“AQSH birinchi marta oq supremacistlarni terrorchi deb belgilamoqda, bu hozirgi ma’muriyat ushbu tahdidga qanchalik jiddiy munosabatda ekanligini tasdiqlaydi. Biz ushbu tahdidga qarshi turish uchun avvalgilarimizning hech biri qilmagan ishlarni qilayapmiz”, degandi o‘sha paytda Davlat departamentining terrorizmga qarshi kurash koordinatori Natan Sayls.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing