Kanadada qurolli hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 4 sentyabr kuni Kanadada ikki qurolli shaxs odamlarga hujum qilishi oqibatida 10 kishi vafot etdi, 15 kishi esa yaralandi. Bu haqda CBC News xabar bermoqda.

Kanadaning markaziy qismidagi Saskachevan provinsiyasida qurollangan ikki kishi odamlarga hujum qilgan. Hujumlar provinsiyadagi Jeyms Smit Kri Neyshn (James Smith Sree Nation) hind qo‘riqxonasida, shuningdek, Ueldon qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

Saskachevan politsiyasi rahbari Ronda Blekmorning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni ortishi mumkin.

Hujumda ikki erkak – Demiyen va Maylza Sandersov ismli shaxslar gumonlanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ular 31 va 30 yoshda. Gumondorlar qochishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda politsiya ularni qidirmoqda.

Huquq-tartibot idoralari jinoyatlar sodir bo‘lgan hududda favqulodda holat e’lon qilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing