Kanada va Niderlandiya Xalqaro sudga Rossiyaga qarshi ariza topshirdi

Olam

image

Kanada va Niderlandiya hukumatlari Gaagadagi Xalqaro sudga 1948 yilgi Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi Konvensiyani talqin qilish, qo‘llash va amalga oshirish bo‘yicha Ukraina tomonidan Rossiya Federatsiyasiga qarshi qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini hisobga olish iltimosi bilan qo‘shma ariza berdilar.

“Kanada va Niderlandiya Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiyaning tegishli qoidalariga o‘z talqinini [sudga] taqdim etish uchun ushbu ishga aralashish huquqidan foydalanadi”, deyiladi kecha, 7 dekabr kuni Kanada hukumati saytida e’lon qilingan bayonotda.  

Ottava va Amsterdam ham Rossiya Federatsiyasini “Ukrainadagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga” chaqirgan. 

Joriy yilning 26 fevral kuni Ukraina 1948 yildagi Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiyani talqin qilish, qo‘llash va amalga oshirish yuzasidan Xalqaro sudga Rossiya Federatsiyasiga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Ukraina chaqiruv qog‘ozida Rossiyaning Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishi va “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazishiga sabablardan biri bo‘lgan Donbassda genotsid sodir etilgani haqidagi iddaolarni rad etdi. Shu munosabat bilan Ukraina tomoni suddan Rossiyaning Ukrainaga qarshi harakatlari uchun qonuniy asosga yo‘qligini tan olishni va mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sud jarayoni davomida vaqtinchalik choralar ko‘rishni talab qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing