Kanada Ukraina portlaridagi g‘allani olib chiqmoqchi
Olam
−
14 may 2022
12801Kanada hukumati o‘z kemalarini yetkazib berish orqali Ukraina portlaridan g‘alla eksport qilishda yordam berishga tayyor. Bu haqda CTV telekanali Kanada Tashqi ishlar vaziri Melani Joliga tayanib, xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, u Germaniya shimolidagi Vangels kommunasida (Shlezvig-Golshteyn federal shtati) “Katta yettilik” mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha jurnalistlar bilan suhbatda shunday bayonot bergan. Xususan, Ottava don eksporti uchun o‘z kemalarini taqdim etishga tayyor.
“Biz bu donning dunyoga yetkazilishiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Aks holda millionlab odamlar ocharchilikka duch kelishi mumkin”, deydi vazir.
Avvalroq, BMT Jahon oziq-ovqat dasturining Germaniya bo‘limi direktori Martin Frik Ukraina portlarida mamlakatdan eksport qilish mumkin bo‘lmagan deyarli 4,5 million tonna don borligini aytgan edi.
O‘z navbatida, AQSH Prezidenti Jo Bayden 10 may kuni Ukrainadagi vaziyat dunyoda oziq-ovqat narxining oshishiga olib kelganini bildirdi. Unga ko‘ra, hozirda Ukraina omborlarida 20 million tonna g‘alla bor. Qo‘shma Shtatlar uni [global] bozorga olib chiqish yo‘lini topishga harakat qilmoqda.
“Bu jahon oziq-ovqat narxlarining pasayishiga olib kelishi kerak”, degan Bayden.
LiveBarchasi