Kanada Rossiyaga gaz turbinalarini nega qaytarishga majbur bo‘lgani aytildi

Olam

image

Kanada Rossiyaning Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha asosiy gaz quvuri “Shimoliy oqim” uchun mo‘ljallangan turbinalarni Germaniyaga qaytaradi. Kanadaning Tabiiy resurslar vaziri Jonatan Uilkinson bu qaror yuzasidan tushuntirish berdi.

“Bu shunchaki noqulaylik masalasi emas. Bu ularning (Yevropa mamlakatlari) o‘z fuqarolarini birlamchi ehtiyojlarini ta’minlash – uylarni isitishdan tortib, oziq-ovqat va tovarlarni tashish uchun yoqilg‘i olish, sanoat, ish joylari va iqtisodiyotlarini qo‘llab-quvvatlash qobiliyatiga tahdiddir”, degan Uilkinson.

Uilkinson, Ukrainadagi mavjud vaziyat Yevropaning Rossiya energiya manbalariga qaramligini ko‘rsatganiga e’tibor qaratib, rasmiy Ottava Yevropa iste’molchilarini Kanada suyultirilgan gazi va boshqa tovarlari bilan ta’minlash uchun harakat qilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Ukraina Kanadaning turbinalarni qaytarish qaroriga norozilik bildirdi. Kanadaning Kiyevdagi vaqtinchalik ishonchli vakili TIVga chaqirilib, unga bu qaror yuzasidan e’tiroz bilidirilgan. Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini saqlab qolish uchun Kanadani ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kanadaning bu qarorini Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimiga nomuvofiq istisno deb atadi.

11 iyul kuni Rossiyadan Yevropaga gaz eksportining asosiy yo‘nalishi bo‘lgan “Shimoliy oqim” orqali yetkazib berish gaz quvurida yillik rejali texnik xizmat ko‘rsatish tufayli o‘n kunga to‘xtatildi. Kanadaning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli Siemens Monrealdagi ta’mirdan so‘ng gaz nasos agregatlarini o‘z vaqtida qaytarib bermagani uchun iyun oyining o‘rtalaridan boshlab “Shimoliy oqim” maksimal quvvatining atigi 40 foizida ishladi. Kanada 9 iyul kuni Germaniyaning ko‘plab so‘rovlaridan so‘ng ta’mirlangan Siemens turbinasini qaytarishga qaror qilgan bo‘lsa-da, uni yetkazib berish muddati aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

507

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing