Kanada 9 nafar rossiyalik boyni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi

Olam

image

Kanada Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatigayana to‘qqiz nafar shaxsni kiritdi, ular orasida tadbirkorlar Vladimir Potanin, Viktor Vekselberg, Kirill Shamalov va Leonid Mixelson ham bor. Bu kecha, 5 aprel kuni Kanada hukumati saytida e’lon qilingan Ukrainadagi vaziyat tufayli Kanadaning Moskvaga qarshi sanksiyalari bilan bog‘liq hujjatda belgilandi.

Shuningdek, ro‘yxatga RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Bosh boshqarmasi boshlig‘i admiral Igor Kostyukov, Dmitriy Pumpyanskiy va “Sinara Group” OAJ prezidenti Galina Pumpyanskaya, “Rusagro” qishloq xo‘jaligi xoldingining asosiy egasi Vadim Moshkovich hamda "Marafon" guruhi prezidenti Aleksandr Vinokurov kirdi.

Bundan tashqari, Kanada Belarusning yana to‘qqiz nafar fuqarosini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ro‘yxatga Belarus Mudofaa vaziri o‘rinbosarlari Andrey Juk, Andrey Burdiko va Sergey Simonenko kiritilgan. Ro‘yxatda Aleksandr Shakutin, Vladimir Peftiyev, Anatoliy Ternavskiy, Pavel Topuzidis, Evgeniy Baskin va Valentin Bayko ham bor.

Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish Kanadadagi mumkin bo‘lgan aktivlarni muzlatish va mamlakatga kirishni taqiqlashni anglatadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing