Kamerunda qor yog‘di (video)

Olam

image

Joriy yilning 9 sentyabr kuni Afrika markazidagi ekvator chizig‘iga yaqin joylashgan Kamerun davlatida qor yog‘di. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatning g‘arbiy mintaqasida joylashgan Bana va Boku shaharlarida do‘l aralash qor yog‘gan. Uning qalinligi taxminan 0,05 mmni tashkil qilgan.

Oqibatda, bir nechta uylarning tomlari sinib, transport harakati to‘xtagan, qator plantatsiyalarga zarar yetgan. 

Shahar meri Jan-Batist Sangxaning aytishicha, bu hodisa iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Qayd etish kerakki, iyul oyining oxirida Afrikaning janubiy qismiga haqiqiy qish kelgandi. O‘sha vaqtda turli shaharlarda havo harorati bo‘yicha jami 19 ta rekord o‘rnatilgan. Yoxannesburgda harorat -7 darajaga tushgan. Mamlakatning ba’zi hududlarida qor yog‘gan. Meteorologlarga ko‘ra, uni Antarktida siklonlari olib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

214

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing