Kamchatkadagi vulqon tog‘ida halok bo‘lgan sayyohlar 9 nafarga yetdi

Olam

image

Kamchatkadagi “Klyuchevskaya sopka” vulqon tog‘iga chiqish chog‘ida halok bo‘lgan sayyohlar soni to‘qqiz nafarga yetdi. Bu haqda Kamchatka hukumati raisi o‘rinbosari Roman Vasilevskiy ma’lum qildi.

“Halok bo‘lganlar soni to‘qiztaga yetdi.  Ular tunda vafot etishgan”, deydi Vasilevskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida yomon ob-havo saqlanib qolmoqda, shu sababli qutqaruvchilari bo‘lgan vertolyot qolgan 3 kishini olib ketish uchun vulqon tog‘iga qo‘na olmagan. Qutqaruvchilar ob-havo yaxshilanishi bilan yana qo‘nishga urinib ko‘radi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 sentyabr kuni Kamchatkadagi “Klyuchevskaya Sopka” vulqoniga ko‘tarilish paytida besh nafar sayyoh halok bo‘lgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, “Klyuchevskaya Sopka” Yevroosiyodagi eng faol vulqon bo‘lib, uning balandligi 4,8 ming metrga yetadi. Vulqon taxminan 7000 yoshda.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing