Kamaru Usman operatsiya qilindi

Sport

image

UFC yarim o‘rta vazn chempioni Kamaru Usmanning qo‘lida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda uning menejeri Ali Abdelaziz ma’lum qildi.

“Usman qo‘lidagi ligamentni tuzatish uchun operatsiya qilindi”, degan Ali Abdelaziz ESPN muxbiri Mark Raymondiga bergan intervyusida. 

Alining aytishicha, Usman iyul oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan UFC 276 gacha qaytishni maqsad qilgan. UFC prezidenti Dena Uayt 2021 yil iyun oyida Neyt Diaz ustidan g‘alaba qozongan Leon Edvards Usmanning kamariga asosiy da’vogar ekanligini ma’lum qilgan.

Joriy yilning 7 fevralida UFC prezidenti Dena Uayt Instagram sahifasida nigeriyalik chempionning qo‘li operatsiya qilinayotgan jarayon aks ettirilgan rasmni joyladi.

Xabaringiz bor, UFC 268 musobaqasidagi Kolbi Kovington bilan kechgan jangdan uch hafta oldin Usman o‘ng qo‘lini sindirib olganini ma’lum qilgandi. Shunga qaramay Kamaru Usman jangni orqaga surmadi. Qoyil, o‘zi shundog‘am, fevralda Gilbert Byornsdan, aprelda Xorxe Masvidaldan kamarini himoya qilgandi. Bir yilda uch marta chempionlik jangi… Daxshat!

Hali jang o‘tkaziladimi yoki yo‘q, noma’lum. Shuningdek, Ali Abdelaziz Kamaruga o‘rta vaznga o‘tib, Israel Adesanyaga qarshi jang qilish taklifini bergan, garchi ular do‘st bo‘lsa-da.

Kuzatamiz, chunki UFC syurprizlar qilishni sevadi.

 

Navro‘zbek Mamaziyoyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made