Kam ta’minlangan oilalarning yosh bolalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kam ta’minlangan oilalarning 3 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmonlar yetkazib beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida so‘z boradi. Farmon loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan. 
 
Unda keltirilishicha, kelgusida ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar hamda shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish mo‘ljallangan.

Shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilgan. 

Rejada quyidagilar ko‘zda tutilangan:

•  ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini olib borish bo‘yicha davlat organini belgilash;

•  ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish;

•  kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish;

•  “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestr” bilan birlashtirish;

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarning 3 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmonlar berish dasturi qabul qilinadi. 

Eshitish qobiliyati zaif bolalarning odatiy hayotga moslashuvini osonlashtirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan eshitish qobiliyati zaif bolalarni zamonaviy eshitish moslamalari bilan ta’minlash tizimi joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing