Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam puli oshiriladi
Jamiyat
−
11 avgust 2021
8792Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lami yanada kengaytiriladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmonidla belgilangan. Asosiy o‘zgarishlar:
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:
amalda bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga 14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o‘rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi. Bunda, ushbu nafaqani tayinlashda:
- bolalar yoshi me’yori 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
- to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi;
- nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi;
- farzandi bo‘lmagan yoki farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
Bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi yangi miqdorlari belgilanmoqda:
bolalar nafaqasi oilaning:
- 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun – 250 000 so‘m (+56 000 so‘m);
- 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun – 325 000 so‘m (+131 000 so‘m);
- ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 150 000 so‘m (+186 000 so‘m);
- uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 000 so‘mdan (amaldagi 190 ming so‘mdan 290 ming so‘mgacha ko‘p);
- moddiy yordamning miqdori – 380 000 so‘m.
2022 yil 1 yanvardan boshlab Minimal iste’mol xarajat miqdorlaridan kambag‘allik mezoni hamda kam ta’minlangan deb e’tirof etishda jon boshiga bir oylik daromad mezoni sifatida foydalaniladi.
Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yildan boshlab inflyatsiya darajasidan kelib chiqib Minimal iste’mol xarajat miqdorlarini har yili 20 yanvarga qadar e’lon qilib boradi.
Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblashning xalqaro standartlarga va aniq mezonlarga asoslangan hamda shaffof tartibi ishlab chiqilib, Hukumat qarori bilan tasdiqlanadi.
LiveBarchasi