Kaliforniyadagi yong‘inlar sabab 100 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilinadi

Olam

image

Amerikaning Kaliforniya shtati janubida o‘rmon yong‘inlari sababli 100 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda SNN xabar berdi. 

Orinj okrugida yonayotgan yong‘inlar allaqachon 4 ming gektardan ziyod maydonni qamrab olgan. 

Yong‘in bilan 700 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi kurashmoqda. Ulardan ikkitasi kecha, 26 oktyabr kuni kuchli jarohat olgan. Aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida energetika kompaniyalari qariyb 320 ming foydalanuvchining elektr energiyasini uzib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari joriy yil boshidan beri 1,62 million gektardan ziyod maydonni yo‘q qilgan. Shu yilga qadar Kaliforniyada bir mavsumda hech qachon 809,3 ming gektardan ortiq maydon yonmagan edi. 2018 yilda Kaliforniyada 675,8 ming gektar maydon yonib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing