Kaliforniyada F-16 qiruvchisi uy tomiga quladi

Olam

image

AQSHning F-16 qiruvchisi payshanba kuni Kaliforniya shtatidagi aviabaza hududi yaqinidagi bino ustiga qulagan. Bu haqda  CBS telekanali xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchi halokatdan oldin sakrashga ulgurgan. Uchuvchi shifoxonaga jo‘natilgan, uning holati haqida ma’lumot berilmagan. Halokatga uchragan samolyot bortida o‘q-dorilar bo‘lganligi aytilmoqda. 

Uchuvchi o‘quv mashg‘ulotini o‘tayotgan bo‘lgan. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga yaqinlashayotgan vaqtda aerodrom yaqinidagi bino ustiga qulab tushgan. Natijada binoning tom qismiga jiddiy zarar yetgan. Bu voqea mahalliy vaqt bilan soat 15:45 da sodir bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, halokatga samolyotning gidravlik tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Shuningdek, samolyot qulab tushgan binoda hech kim zarar ko‘rmaganligi aniqlangan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made