Kafe va restoranlarga qo‘yilgan karantin cheklovlaridan biri bekor qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlar tomonidan soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan davrida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarorida belgilandi.

Vazirlar Mahkamasining “Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 24 iyuldagi 624-son qarori talablari doirasida faoliyatni tashkil etilishiga ruxsat berildi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, hozirda dunyoning qator mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashuvi natijasida karantin hattoki ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyatini to‘xtatish kabi cheklovlar hamon davom etmoqda.

"Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston xalqidan koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’i rioya etishlari hamda mamlakatda epidemiologik barqarorlikni ta’minlash borasida erishilgan bugungi vaziyatni bardavom bo‘lishi uchun shaxsiy mas’uliyatni oshirishlarini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing