Kadastr agentligiga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
15 yanvar 2021 8755 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga binoan, Fazliddin Karimovich Umarov Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Kadastr agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev lavozimidan ozod etildi.
Xalilillo To‘raxo‘jayev ham boshqa lavozimga o‘tkazilishi kutilmoqda.
Live
Barchasi