Kadastr agentligiga direktor tayinlandi
Jamiyat
−
29 mart 2022 8387 1 daqiqa
Bugun, 29 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga yangi rahbar tayinlandi.
Shu paytga qadar “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan Farrux Po‘latov mazkur agentlikka direktor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Farrux Po‘latov “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasini 2018 yil iyul oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Bundan tashqari, u Bosh prokuratura huzuridagi Departament Farg‘ona boshqarmasi boshlig‘i, Farg‘ona va Namangan viloyatlari prokuratura organlarida turli lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, agentlikning avvalgi direktori Fazliddin Umarov joriy yilning 17 fevral kuni Samarqand shahar hokimi lavozimiga tayinlangan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr