Qo‘yliq metro bekati vaqtincha yopildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent metropolitenining 7-bekati vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishi 6- va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 7-bekat xizmat ko‘rsatmaydi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 7-bekat joriy yilning 21 noyabr kunidan 6 dekabr kuniga qadar yopiladi. "Yer usti halqa yo‘li" yo‘nalishida poyezdlar harakati “Do‘stlik-2” bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

Shuningdek, yo‘lovchilar uchun 6- va 7-bekat oralig‘ida avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made