Qo‘yliqda gaz quvurida avariya yuz berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 10 oktyabr kuni Toshkentning Mirobod tumanida ayrim iste’molchilar vaqtincha gaz ta’minotidan uziladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qo‘yliq massivida joylashgan gaz quvuriga mashina urilgan. Natijada avariya yuzaga kelgan. 

Shu sababdan 8 ta ko‘p qavatli uydagi 220 ta xonadonlarda bugun, 10 oktyabr kuni soat 11:50 da gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi. Hozirda avariyani bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilardan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made