Quyi Chirchiqda Cobalt “Jiguli”ni sochib yubordi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida Cobalt bilan to‘qnashgan “Jiguli” qismlarga bo‘linib ketdi.

Viloyat YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH 18 yanvar kuni soat 17:00 larda Quyi Chirchiq tumani hududidan o‘tgan 4R20 Chinoz—Do‘stobod—Oqqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 13-kilometrida sodir bo‘lgan. 1994 yilda tug‘ilgan M.I. boshqaruvidagi “VAZ 2101” rusumli transport vositasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi 1999 yilda tug‘ilgan A.Sh. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan.

Ushbu hodisa oqibatida “VAZ 2101” haydovchisi M.I. tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing